O‘zbek-tojik chegarasida katta biznes markazi quriladi

Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida biznes markazi quriladi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi “Andarxon” chegaradan o‘tish punkti hududida erkin savdo zonasi tashkil etiladi.
Bu haqda “Jumhuriyat” gazetasi O‘zbekiston viloyat hokimiyati vakiliga asosan xabar qildi.
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani bilan chegaradosh So‘g‘d viloyatining Konibodom va Isfara shaharlari yaqinida yirik savdo markazi qurilishi rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyevning aytishicha, bu boradagi ishlar viloyat hokimligi tashabbusi bilan boshlangan.
"Erkin savdo zonasi 5 gektar maydonda quriladi. Bu yerda yirik savdo markazini qurish rejalashtirilgan. Savdo maydonlari ikki qo‘shni davlat ishbilarmonlari va tadbirkorlariga beriladi", — dedi Farg‘ona viloyati hokimligi vakili.
Bu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi savdo hamkorligini yanada mustahkamlash, Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani va Tojikistonning So‘g‘d viloyatining Konibodom va Isfara shaharlari aholisi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma savdo markazining qurilishi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Andarxon” chegara-bojxona postidan har kuni ko‘plab Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, boshqa davlat fuqarolari o‘tadi.