O‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish to‘g‘risida tarqalgan xabarga munosabat bildirildi

Vazirlik o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirokida videoselektor yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuotining ma’lum qilishicha, bu xabarlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘on.
Vazir ishtirokida o‘qishni ko‘chirish mavzusiga oid hech qanday videoselektor yig‘ilishi bo‘lmagan. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi tartibga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Vazirlik asossiz va yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun qonunchilikka javobgarlik belgilanganini yana bir bor eslatib o‘tgan.