Onasi ayiq qafasiga tashlab yuborgan qizcha shifoxonaning intensiv terapiya xonasiga o‘tkazildi

Onasi ayiq qafasiga tashlab yuborgan qizcha va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyati berildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Onasi ayiq qafasiga tashlab yuborgan qizchaning ahvoli yaxshi. U shifoxonada intensiv terapiya xonasiga o‘tkazilgan.
"Ayni damda qizaloq intensiv terapiya xonasida va uning holati turg‘un deb baholanmoqda. Dinamikada nazorat ko‘rigi o‘tkazildi. Qizaloq kelajakda ushbu hodisa asoratlaridan aziyat chekmasligi uchun biz bor imkoniyatlarni ishga solyapmiz", – deydi shifokor va tibbiyot fanlari nomzodi Sobir Nasimov.
Qizcha va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyati berildi. Bu haqda bog‘ matbuot xizmati xabar qildi.
Hozirda 3 yashar qizchaning ahvoli yaxshi. U shifoxonada intensiv terapiya xonasiga o‘tkazilgan.