Moskvada ommaviy mushtlashuv: politsiya 66 nafar migrantni qo‘lga oldi

Moskva g‘arbidagi Birulovoda otishma bilan yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng 66 kishi, asosan, migrantlar politsiyaga olib kelindi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Moskva g‘arbidagi Birulovoda otishma bilan yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng 66 kishi, asosan, migrantlar politsiyaga olib kelindi, bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi RIA Novosti agentligiga huquq-tartibot idoralaridagi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mushtlashuv dam olish kunlari sodir bo‘ldi: o‘shanda 15 kishi ishtirok etgan mojaro nafaqat mushtlashish, balki travmatik to‘pponchadan o‘q otish bilan tugadi.
Voqeadan keyin hech kim shifoxonaga murojaat qilmadi.
“29 yanvar, shanba kuni soat taxminan 20:00da Rossiya Ichki ishlar vazirligiga Birulovo G‘arbiy tumanidagi Vostrakovskiy proyezd, 1-uy manzilida fuqarolar o‘rtasida nizo kelib chiqqanligi haqida xabar kelib tushdi”, — deyilgan xabarda.
“Bir qator fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Uch nafar kishi politsiya bo‘limida qoldi.
Bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari bezorilik moddasi bo‘yicha sud tomonidan 7-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.