AQSh o‘z ittifoqchilarini talon-taroj qilmoqda

AQSh propagandasi haqiqat bilan kesishishni to‘xtatgan sirli axborot maydonida Rossiya o‘tgan yilning sentabr oyidan beri qayerdadir Ukraina bilan urush olib bormoqda.
Sputnik
Rossiya qariyb yarim yildan beri hujum qilmoqda, hujum qilmoqda. Ukraina esa qarshilik ko‘rsatmoqda, qarshilik ko‘rsatmoqda. Amerika birinchisini jilovlamoqda, ikkinchisini esa qo‘llab-quvvatlamoqda. Va shunday cheksiz marta.
Hatto sovet amerikashunoslar ham AQShning "militaristik tashviqotning mastligi" dan hayratda qolishdi. O‘sha vaqtda ham sheriklar qanday jazavaga tushishni juda yaxshi bilishgan, bu parametrga ko‘ra biz ularga yutqazishga mahkummiz. Biroq bugungi amerikaning “o‘ti” muqobili yo‘qligi bilan ajralib turadi. Tinchlik tarafdorlari qayerda, tinchlik uchun son-sanoqsiz kurashchilar qayerga ketishdi, lekin ular hammasiga befarqmi?
Faqat Fox Newsda "ishqilib urush bo‘lmasin" uslubidagi ehtiyotkor ogohlantirishlarni eshitish mumkin. Biroq, amerikalik demshiza allaqachon teleboshlovchi Taker Karlsonni hammani biroz tinchlantirishga uringani uchun samosud qilish bilan tahdid qilmoqda.
Ayni paytda vaziyat Sovuq urush davridagidan ancha xavfliroq ko‘rinadi. Ammo Amerika va Britaniya ommaviy axborot vositalarining jarangdor xori har qanday aql-idrokni, dunyoni qirg‘oqdan qaytarishga bo‘lgan har qanday urinishni bo‘g‘adi. Bunday qaysarlik qayerdan?
Gap shundaki, bu ta’sirchan isteriya niqobi ostida juda katta pul ishlab topilmoqda. U esa sukunatni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun, davlat propagandasi yolg‘oniga qarshi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari Ukraina haqida shov-shuv ko‘tarishmoqda, lekin bu mavzuda pul ishlayotganlar esa sukut sqlashni afzal ko‘rmoqda.
Urush - amerikalik tadbirkorlar uchun davlat budjeti hisobidan o‘zlarini boqishning ideal usulidir. Masalan, Afg‘oniston. Rasmiy ravishda bu tubsizlikka trillion dollar sarflangan. Amerikaliklarning o‘zlarining hisob-kitobiga ko‘ra, eng yaxshi holatda uch-to‘rt foiz Afg‘onistonning sabr-toqatli xalqiga yetib kelgan. Qolgan hammasi Pentagon pudratchilarining cho‘ntagiga tushdi.
Biroq, hech qanday haqiqiy jangovar harakatlarda qatnashish shart emas. Pulni olish va aralashosonroq bo‘ladi. Oligarxlar nazorati ostidagi OAV tajovuzkor Rossiya haqida shov-shuv ko‘tarmoqda. Pentagon budjetni oshirmoqda. Oligarxlar pudratchi sifatida milliardlab budjetni tortib olishmoqda.
11 sentabr voqealaridan keyin AQSh Mudofaa vazirligi xususiy pudratchilar bilan keng ko‘lamli biznesni yo‘lga qo‘ydi. Bugungi kunda zamonning eng yirik kompaniyalari harbiy hukumat buyurtmalari uchun kurash olib bormoqda. Oxirgi yigirma yil davomida ular deyarli 4,5 trillion dollarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar.
Pentagon pullariga yaratilgan Silikon vodiysi hanuzgacha u yerdan ko‘p milliard dollar miqdorida moliyalashtiriladi. Butun dunyo uchun IT-kompaniyalar- beg‘arazilmiy izlanishlar, mustaqillik va taraqqiyot ramzi hisoblanadi. Aslida, ular Amerika harbiy-sanoat kompleksi va razvedkasiga astoydil xizmat qilmoqda, bu ularning asosiy daromad manbalaridan biridir.
Google egasi Erik Shmidt o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida AQSh armiyasiga turli sun’iy intellekt asosidagi qurilmalarni sotmoqda. Palantir AQSh harbiylari uchun razvedka ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish uchun avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqaradi. Microsoft armiyaga qo‘shimcha reallik qurilmalarini yetkazib bermoqda.
IT-gigantlari Pentagon tomonidan bulutli ma’lumotlarni saqlash uchun ko‘p milliard dollarlik shartnoma uchun kurashda to‘qnash keldi. Microsoft g‘alaba qozondi, ammo Amazon egasi Jeff Bezos bunga rozi emas va sudga berdi. Buning ajablanarli joyi yo‘q - o‘n milliard dollar.
IT-oligarxlariga tegishli bo‘lgan barcha ijtimoiy tarmoqlar, OAV va platformalar doimiy ravishda qayergadir hujum qiladigan tajovuzkor Rossiya haqidagi g‘oyani aholiga tinimsiz tarqatishi ajablanarli emas. Agar bu axborot shovqini pasaysa, oligarxlar budjetdan chiqarib yuboriladi.
“Xitoy va Rossiya bilan bizning mojaromizni nima deb aytashingizni bilmayman... Men ular bilan urush holatidamiz, deb aytar edim”, - mamnuniyat bilan deydi Maykl Braun, Kremniy vodiysining sobiq yulduzi, AQSh Mudofaa vazirligi huzuridagi mudofaa innovatsiyalari bo‘limi direktori.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi virtual "urush" - Amerika iqtisodiyotini qutqarishning tabiiy vositasidir. Yanvar oyida biz suyultirilgan gaz bilan Amerika tankerlarining epik burilishlarini kuzatdik. Avvaliga ular gazni Osiyoga olib borishdi, keyin esa Yevropaga qarab burilishdi. Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi suvlarida bir yil oldingiga qaraganda deyarli uch barobar ko‘p tankerlar kelgan. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bungayevropaliklarni energiya inqirozidan qutqarish, deb ta’rif berdi.
Ammo yevropaliklar bu gaz uchun juda katta pul to‘lashlari kerak bo‘ladi. Amerikaliklar ularni ajoyib tarzda tozalashmoqda. AQShning eng yirik suyultirilgan gaz yetkazib beruvchisi Cheniere daromadi qanday qilib mo‘’jizaviy tarzda o‘sib borayotganini ko‘rish mumkin, bu 2021-yilda 2020-yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proq o‘sdi.
AQSh uchun neft va gaz narxining o‘sishi qanchalik foydali! Bir necha oy oldin Bayden administratsiyasi yashil kun tartibiga tupurib, Meksika ko‘rfazida yangi quduqlarni burg‘ulash bo‘yicha tarixdagi eng yirik auksionni tasdiqladi. U yerda neft qazib olish hech qachon bunday miqyosda oshirilmagan. Amerikaliklar esa yevropalik ziyolilarni global isish bilan aldab, shamol tegirmoniga o‘tishga majbur qilishadi. To‘g‘ri, kimdir Amerika uglevodorodlarini sotib olishi kerak - dunyodagi eng toza va eng demokratlar.
Ammo bu ishbunday tugamaydi. Hozir ham Yevropa korxonalari energiya narxlariga bardosh bera olmay, bankrot bo‘lmoqda. Ulardan eng istiqbollilarini aynan amerikaliklar sotib olishadi - ular Britaniyada buni allaqachon boshlashgan. U yerda ular elektr ta’minotchilari va o‘g‘it zavodlarini sotib olmoqda.
Masalan, Amerikaning yetakchi korporatsiyasi CF Industries Angliyada birdaniga ikkita o‘g‘it zavodini sotib oldi. Bir zumda bittasini - raqobatchi sifatida yopildi. Britaniya hukumati unga katta pul va’da qilganidan keyingina ikkinchisini ochdi.
Bularning barchasi juda foydali xaridlar. Elektr energiya allaqachon oltinga aylangan. O‘g‘itlar narxi jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Tahlilchilar oziq-ovqat narxining katta o‘sishini bashorat qilmoqdalar.
Ruslar va ukrainaliklar ularni urushga sudrayaptilar, deb o‘ylashmoqda. Biroq, haqiqiy jang uzoq vaqtdan beri davom etmoqda, ularga faqat egri chiziq bo‘ylab tegmoqda. Bu Amerikaning yolg‘on do‘stlari - Yevropa ittifoqchilari bilan iqtisodiy urushi. AQSh Yevropa sanoatini shafqatsizlarcha yo‘q qilmoqda va Yevropa Ittifoqi fuqarolarini ochlikdan o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda. Va bularning barchasi ular yaratgan energiya tanqisligi yordamida qilmoqchi.
Yevropa hozircha Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi yuz bermagan urushning asosiy qurboni hisoblanadi. Amerikaliklar o‘z vassallarini jazolamoqchi ekanliklarini kecha Donald Tramp ochiqchasiga aytdi. Texasning Korno shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda u Yevropani AQShdan “foydalanayotganlikda”, uning to‘lovlarini to‘lamaganlikda va “Biz uchun ahmoq amerikaliklar ishlasin” uslubida o‘ylayotgani haqida aybladi. Mana amerikaliklar Rossiya gazini uzib qo‘yib va qit’alik do‘stlariga javob berish uchun Ukrainada mojaro qo‘zg‘atmoqda. Qanday yuksak munosabatlar!
Ammo, aytaylik, Germaniya fuqarolarining Bundestag oldidagi maydonga chiqib, rahbariyatiga yuzlanib: “Kelinglar, amerikalik xo‘jayinlarning gaplariga quloq solishni bas qilinglar... Biz sovuq qotapmiz va biz voqatlanishni xohlaymiz. “Shimoliy oqim-2” o‘chirapsizlarmi, a?
Biroq, bu yerda ruslarning "bosqinchiligi" haqidagi yovvoyi hayqiriq ko‘tariladi. Bu “Shimoliy oqim-2”ni sertifikatlash imkonini bermaydigan yagona bahonadir. Chunki qulay narxlardagi gaz Yevropa Ittifoqini AQSh uchun kuchli raqobatchiga aylantiradi. Amerikaliklarga bu kerak emas, ular endi halol raqobatga dosh bera olmaydi. Ular Yevropani shunday qashshoqlikka solib qo‘yishni xohlaydilar. Och qolgan yevropaliklar urushga boradi – yana qayerga borishsin? Status Quo uzoq vaqt oldin kuylaganidek- "You are in the army now".
"Hujum" haqidagi bu isteriyaning yana bir yashirin ma’no. Ikki yil oldin, 2020-yil 9 va 12-mart kunlari fond bozorlarida eng katta qulash sodir bo‘ldi. Bu juda katta falokat edi, 1987-yildan beri birjalarda bunday narsa sodir bo‘lmagan. Biroq, jamoatchilik qulashini payqamadi - albatta, o‘z jamg‘armalarini aksiyalarga kiritgan kambag‘allardan tashqari. O‘shanda 2020-yil mart oyida barcha OAVlarkoronavirus haqidagi yangiliklar bilan to‘lib-toshgandi. Hali bemorlar kam edi, lokdaunlar endi boshlanayotgan edi, iqtisodiyot sekinlashishga ulgurmadi. Biroq, amerikalik oligarxlar masalani shunday izohladilarki, pandemiya fond bozorining qulashiga olib keldi.
Qizig‘i shundaki, eng yirik aksiyadorlar, AQShning asosiy banklari, ko‘p milliard dollarlik boylik egalari bu falokatdan ziyon ko‘rmadi. Har kim qandaydir tarzda o‘z vaqtida cho‘qqisida sotishga, keyin esa eng pastda sotib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Xususiy investorlar va kichik biznes ommaviy ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bir paytda, Amerikaning eng yirik banklari mo‘’jizaviy barqarorlik va daromad o‘sishini ko‘rsatdi. Pandemiya yillari - milliardlab odamlar uchun qayg‘u va umidsizlik bo‘lganda - Goldman Sachs, SP Morgan, NY Mellon uchun shunchaki oltinga aylandi.
Endi fond bozori yanada qizib ketgan ko‘rinadi. Ehtimol, "Rossiyaga bostirib kirish" ostida yana bir fond bozori qulashi rejalashtirilgan. Ha, bu nafaqat yevropaliklarga, balki amerikaliklarga ham ta’sir qiladi - ular 2020-yilda aksiyalarni ommaviy ravishda sotib olishdi. Ammo Amerika elitasi qachon o‘z aholisiga achinishdi? Ularda bu yerda yangi narsa yo‘q - begonalar qo‘rqishi uchun o‘zingnikini ur. Rossiyaning “hujum qilishi” bahonasida Amerika rejimi qo‘li yetgan hammani talon-taroj qilmoqda.