“AQSh go‘zali” tanlovi g‘olibasi Nyu-Yorkda o‘lik holda topildi

“AQSh go‘zali” tanlovi g‘olibasi Chesli Krist Nyu-Yorkda o‘lik holda topildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. “AQSh go‘zali-2019” tanlovi g‘olibasi Chesli Krist Nyu-Yorkda o‘lik holda topildi. Bu haqda New York Post gazetasi xabar qildi.
30 yoshli tanlov g‘olibasining jasadi 30-yanvar kuni ertalab osmono‘par bino yonidan topildi.
Ta’kidlanishicha, Krist binoning to‘qqizinchi qavatida yashagan, biroq uni oxirgi marta 29-qavatda ko‘rishgan.
O‘limidan biroz oldin Krist Instagram sahifasida “Bu kun sizga tinchlik olib kelsin” degan izoh bilan o‘z suratini joylashtirdi.