TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Amerika prezidenti Jo Baydenning zaifligi va kompetensiyaga ega emasligi tufayli uchinchi jahon urushi xatari yuzaga kelmoqda. Bu haqda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Konroda (Texas shtati) tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqi davomida ma’lum qildi.
“Baydenning zaifligi va kompetensiyaga ega emasligi uchinchi jahon urushining real xavfini yaratmoqda”, - dedi Tramp.
Shuningdek, u Baydenning prezidentlik davrida KXDR avvalgiga qaraganda ko‘proq ballistik raketalar sinovini o‘tkazayotganini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Trapmning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlarining Afg‘oniston olib chiqilishi “halokatli” bo‘lgan.
Sobiq prezidentning qayd etishicha, AQSh hukumati birinchi navbatda o‘z chegaralarini himoya qilish haqida qayg‘urishi kerak, Ukrainaning emas.
“Jo Bayden Sharqiy Yevropadagi chegaralar himoyasi uchun qo‘shin jo‘natishdan oldin u chegaralarimiz himoyasi uchun qo‘shin jo‘natishi zarur”, - dedi sobiq prezident.