Paxta hosildorligi 50 sentnerga yetkaziladi

Urug‘lik chigit va urug‘lik don tayyorlash sexlarini 2022-2023 yillarda to‘liq modernizatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Markaz paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urug‘liklarini ichki va tashqi bozorga “Uzbekseeds” milliy brendiasosida sotishni tashkil etadi.
“O‘zpaxtasanoat” AJning 11 ta urug‘lik chigit tayyorlash sexlari Markazga berildi.
Urug‘lik tayyorlash sexlarini Markazga o‘tkazish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruh tasdiqlandi.
Paxta yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi
Urug‘lik chigit va urug‘lik don tayyorlash sexlarini 2022-2023 yillarda to‘liq modernizatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi (uning ijrosiga 26,5 mln dollar yo‘naltiriladi).
2022–2025 yillarda paxta hosildorligi 50 sentnerga, boshoqli don 90 sentnerga yetkaziladi.
200 ming gektar sug‘oriladigan yer qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Agroklasterlar va fermer xo‘jaliklariga g‘o‘za va boshoqli don ekinlarining eng hosildor navlarini import qilishga, ularni mustaqil joylashtirishga ruxsat beriladi.