TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Dasturga ko‘ra, 2022-yilda:
Davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:
hujjatlarni berish va almashtirishda, o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.