TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Toshkentda ilk bor tashkil etilgan boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, qit’ada tengsiz ekanini isbotladi.
Qizlar o‘rtasida final janglarida 4 o‘zbekistonlik bokschi qiz g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yigitlardan 12 bokschi finalda bahs olib borib, barchasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, 16 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan yoshlar terma jamoasi bu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Oltin medal:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Javlon Yo‘ldoshev
-71 kg: Azizbek Tojiyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Timur Merjanov
+92 kg: Jahongir Zokirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva
Kumush medal
-54 kg: Nigina O‘ktamova
Bronza medal:
-92 kg: Javohir Tog‘aymurodov
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova