Yoqimsiz hid chiqarish uchun qonuniy javobgarlik joriy etish kerak - Adliya vazirligi

Yoqimsiz hid – bu uchuvchan kimoviy birikmalardir. Ular insonnig kayfiyatiga, ish faoliyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Adliya vazirligi O‘zbekiston qonunchilishgida yoqimsiz hid chiqarish uchun javobgarlik belgilanmaganini qayd etib, ushbu masalada qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi.

Yoqimsiz hidlarlarning atrof-muhitga, insonlar salomatligiga salbiy ta’siri, bu turdagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni talab etadi.<...> Shunga ko‘ra, tahlil natijalari va bu borada ishlab chiqilgan takliflar ularni amaliyotga tatbiq maqsadida ma’sul idoralarga kiritildi, - deyilgan xabarda.

Bunga sabab qilib – O‘zbekistonda havoning ifloslanish darajasi nisbatan yuqori darajada ekani ko‘rsatilgan. Dunyo mamlkatlarida havo sifatini nazorat qiluvchi Air Visual xalqaro tashkiloti xabariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatgich qayd etilgan 73ta davlat ichida O‘zbekiston 18 o‘rinni egallagani (29.9 µg/m³) aytib o‘tilgan. Ikki yil oldin 16-o‘rinda (34.3 µg/m³) bo‘lgan.
Ushbu antireytingda eng havosi iflos mamlakatlar Bangladesh, Pokiston va Hindiston, havosi eng toza davlatlar esa - Avstraliya, Finlyandiya, Islandiya ekani qayd etilgan.
Atmosfera havosiga, aholi salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan muammolardan biri bu – zararli va yoqimsiz hidlardir. Yoqimsiz hid – bu uchuvchan kimoviy birikmalardir. Ular insonnig kayfiyatiga, ish faoliyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yoqimsiz hidlar ko‘z, burun va tomoqni tirnash xususiyatiga ega bo‘lib, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, diareya, ovozning xirillashi, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, ko‘krak qafasidagi siqilish, burun tiqilishi, nafas qisilishi, stress, uyquchanlikni keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda bundan buyon sanoat korxonalarining soni oshib borayotganini tufayli bundan buyon atmosfera havosiga chiqarilayotgan turli xil zararli va o‘tkir hidli chiqindilar hajmi ham shunga ko‘ra ortadi.

Amaldagi qonunchilik

O‘zbekistonda atmosfera havosi sifati “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Biroq, ushbu Qonunda atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha umumiy qoidalar belgilangan, yoqimsiz hidlar masalasi nazarda tutilmagan.
Sanitariya qoidalari va normalarida esa atmosfera havosiga zarar yetkazuvchi korxonalar faoliyatiga oid normalar belgilangan bo‘lsada, aynan yoqimsiz hidlar va ularni tartibga soluvchi normalar o‘z aksini topmagan.
Xorijiy davlatlarda bunday qonunlar bir necha o‘n yillar ilgani qabul qilingan. Masalan Yaponiyada 1972-yilda. Shuningdek Fransiyada, Niderlandda, Germaniya va AQShda ham yoqimsiz hidlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.