TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Tojikiston va Qirg‘izistonning belgilanmagan chegarasi "Tort-Kocho" uchastkasida 27-yanvar kuni qurolli mojaro sodir bo‘lgan edi.
Qirg‘iziston tomon ma’lumotiga ko‘ra 27-yanvar kuni soat 19:30lar atrofida Tojikiston chegarachilari O‘sh-Isfana avtomobil yo‘li va Isfara-Vorux avtomobil yo‘li qismini to‘sib qo‘yishdi. Keyinchalik esa Tojikiston tomon fuqaro uylariga IIV Ichki qo‘shinlarining 707-sonli harbiy qismi binosini o‘qqa tutishadi.
Qirg‘iziston tomon 10ta uy va bir necha avtomashinalar yonib ketganini aytmoqda. Qirg‘iziston prokuratura ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochgan.
Tojikiston esa mojaroda 13 kishi yaralangani, 2 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qildi.
Ayni damda tomonlar o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga kelishib oldishgan, yo‘llar qayta ochilgan.