TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Kecha 28-yanvar kunning ikkinchi yarm iva tunda Toshkentni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lab turuvchi “Qamchiq” dovoni hamda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lab turuvchi “Taxta-Qoracha” dovonida qor yog‘ib o‘tdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Avtomobill yo‘llariga xizmat ko‘rsatish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari xodimlarining sa’y harakati bilan Qamchiq dovonida harakat to‘xtashiga yo‘l qo‘yilmadi.
Yo‘l qoplamasi muntazam ravishda qorda tozalanib, tuz va qum aralashmasi sepib turildi. Harakati to‘xtab qolgan transport vositalariga yordam berildi.
“Taxta-Qoracha” dovonida 28-yanvar kech soat 21:30 lar atrofida kchli qor yog‘ishi tufayli avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Bugun tong soat 07:00dan boshlab Qashqadaryo IIV yo‘llar qordan tozalanganini va harakat qayta tiklanganini ma’lum qildi.
Aytish joizki kecha Qoraqalpog‘istonda ham qor yog‘ib yo‘llar qoplangan. Ushbu munosabat bilan IIV YHXB haydovichilariga ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida zarurat bo‘lmasa, tungi vaqtda transport vositasida harakatlanmaslik tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zgidromet" O‘zbekiston hududiga O‘rta yer dengizi va Turkiya osmonida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi oqibatida 28-29 yanvar kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Yomg‘ir va qor yog‘ish ehtimoli bugun 29-yanvar kuni ham saqlanib qoladi. Xususan Toshkent viloyati viloyatining ba’zi hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida qor yog‘adi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ba’zo hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliq bo‘ladi.