Aholiga 74 turdagi dori vositalari bepul beriladi

O‘zbekistonda qon bosimi va qandli diabetga chalinganlarga bepul tarqatiladigan dorilar miqdori oshadi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq aholiga 74 turdagi dori vositalari bepul beriladi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ushbu maqsadda davlat tomonidan bepul tarqatilishi kerak bo‘lgan dori-darmon uchun ajratilgan mablag‘lar 3 barobar oshiriladi, - deyilgan xabarda.
Bepul tarqatiladigan dorilar, jumladan:
qon bosimi ortishi aniqlangan 200 mingdan ziyod aholiga enalapril (enalapril);
qandli diabet aniqlangan bemorlarga insulinlar va metformin dori dori vositalari oilaviy shifokorlar orqali bepul tarqatiladi;
Dori vositalari aholiga oilaviy shifokorlar tomonidan bepul tarqatiladi.
Shuningdek, Taraqqiyot stragiyasiga muvofiq xonadonbay tibbiy profilaktika kuchaytirilishi ham aytib o‘tilgan.
Jumladan, xonadonbay tibbiy profilaktika kuchaytirilib, 40 va undan katta yoshdagi aholida:
onkologik,
bo‘qoq,
qandli diabet
yuqori qon bosimi,
insult,
infarkt kasalliklarini erta bosqichlarda aniqlash yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, 30 - 55 yoshdagi ayollar orasida bachadon bo‘yni, 45-65 yoshdagi ayollar orasida sut bezi saratonini erta aniqlash uchun tekshiruvlar o‘tkaziladi.