TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. 2021-yilda totalizator va bukmekerlik faoliyatiga oid 100dan ortiq reklama bartaraf etildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Tog‘ayeva ma’lum qildi.
2021 yilda nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning oldini olish maqsadida 27 mingga yaqin o‘rganish o‘tkazilib, 15 ming 486 holatda kamchilik aniqlandi va bartaraf etildi.
Reklamasi qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan mahsulotlar — tamaki, elektron sigaretalar, energetik ichimliklar, alkogol, pivo, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar reklamasi bo‘yicha aniqlangan holatlar bartaraf etildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlarda 102 ta holatda totalizator va bukmekerlik faoliyati reklamasi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan.
30 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo‘yildi.