TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov radiostansiyalarga bergan intervyusida Rossiyaga qaytishni istaydigan vatandoshlarga maksimal imtiyozlar yaratish kerakligini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Shu bilan birga Lavrov, barcha yangi mustaqil davlatlar fuqarolari o‘zlari tug‘ilgan, o‘rgangan joyida qolib yashasa yaxshi bo‘lishini ta’kidladi.
“Yangi mustaqil davlatlar fuqarolari o‘zlari tug‘ilgan joyda qolib, o‘sha yerda yashasa yaxshi bo‘lardi. Masalan ruslar Qozog‘istonda yoki boshqa respublikalarda yashab, rivojlansa. Buning uchun diskriminatsiyaning har qanday ko‘rinishini bekor qilish kerak. Lekin biror kishi Rossiyaga ko‘chib o‘tishni istasa – buning uchun maksimal qulay sharoit yaratish kerak”, - dedi Lavrov.
Rossiya tashqi ishlar vaziri aytishiga ko‘ra, bu yil vatandoshlarni qaytarish bo‘yicha 80ga yaqin hududiy dasturlar amalga oshirildi. Ular orasida Uzoq Sharq, Zabaykal o‘lkasidagi dasturlar ham bor. Ushbu hududlar Rossiyaga ko‘chib o‘tishni istaydiganlar uchun ustuvor hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga Rossiya fuqaroligini olish uchun yengilliklarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritgan edi. Unda xorijiy fuqarolarni Rossiya fuqarosi deb tan olish uchun belgilangan kriteriylar yengillashtirilgan. Xususan sobiq SSSR fuqarolarib ularning farzandlari va boshqalarga doir.