Rossiyada migratsiya qonunchiligi o‘zgaradi, qabul qilinadigan qarorlar ham yumshoq, ham qat’iy bo‘ladi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev RIA Novosti va boshqa yetakchi Rossiya OAVlariga bergan intervyusida.
"Bu jarayon (migrantlar oqimi) tartibga solinishi, nazorat qilinishi zarur, ishga kelgan har bir kishi esa Rossiya qoidalariga amal qilishi kerak. Va bu qoidalar, bir tomondan, bunday odamlarning kelishi uchun qulay bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan, ishga kelayotgan migrantlar qonunchiligimizga to‘liq rioya qilishi ular o‘rtacha qattiqqo‘l bo‘lishi kerak", - dedi Medvedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya qonunchiligi o‘zgaradi va bir qator qonunlar allaqachon prezidentga taqdim etilgan.
"... Ba’zi qarorlar qabul qilingan, ba’zi hujjatlar tayyorlanmoqda. Qayerdadir ular yumshoq bo‘lishi, lekin qayerdadir qat’iyroq bo‘lishi kerak. Agar biz Rossiya hududida noqonuniy bo‘lish va mehnat qilish haqida gapiradigan bo‘lsak, bu ma’noda, bunday odamlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha juda qattiq qarorlar bo‘lishi kerak", dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Shuningdek, u migrantlarning moslashuvi bo‘yicha ish olib borish zarurligini ta’kidladi.
"Ular rus tilini bilishi kerak, bizning madaniyatimiz - ko‘p millatli madaniyatimizni tushunishi kerak. Ular davlatimizdagi hayot sharoitiga moslashishi kerak", - dedi Medvedev.
Mavzuga doir yangi materiallar: