Qirg‘iz-tojik chegarasidagi keskinlik – kechasi nimalar sodir bo‘ldi

Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma tungacha davom etdi.
Sputnik
Chegaradagi otishma tungacha davom etdi.
To‘qnashuvlar natijasida 20 kishi yaralandi: 13 nafar tojikistonlik va 7 nafar qirg‘izistonlik. 1 nafar Tojikiston fuqarosi vafot etdi.
Qirg‘iziston chegaradosh qishloqlaridan 1,5 mingga yaqin aholini evakuatsiya qildi.
Toshkent vaqti bilan soat 03:00da tomonlar o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish, chegaradan qo‘shimcha kuchlarni olib chiqish, Botken-Isfana avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanishni ochish va chegara hududlarida birgalikda patrullik qilishga kelishib oldilar.
Keyinchalik Otishmada tez yordam mashinasi haydovchisi 62 yoshli Abdulatif Sharipov halok bo‘ldi. Isfara shahar hokimligi Sputnik Tojikistonga bu ma’lumotni tasdiqladi.