O‘zbekiston barcha hududlarida gaz ta’minoti to‘liq tiklandi

O‘zbekistonning barcha hududlarida gaz ta’minoti to‘liq tiklandi - vazirlik.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida gaz ta’minoti to‘liq tiklandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Faqat bugun, soat 11:00 dan 16:00 ga qadar ta’mirlash ishlari olib borilishi tufayli Yunusobod va Olmazor tumanlarining 2 mahallasida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.