TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti kichik ilmiy xodim Jasurxon Rashidovning kaolin xom ashyosini boyitish usuli va uni amalga oshirish uchun qurilmasiga Rossiya Federatsiyasi patenti olindi.
Bu ixtiro kaolin xom ashyosini boyitishda ishlatiladi. Uning vazifasi - kaolin konsentratini kaolin xom ashyosidan suvda suspenziyalash va suspenziyani ajratish orqali olishdir.
Ixtiro kaolinit konsentratining fizik-kimoviy xossalari va tuzilishidagi o‘zgarishlar qovushqoqlikni kamaytirishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida uni ajratish operatsiyalarini selektivligi bilan tanlab olish imkoniyatini beradi. Ixtironing kaolinit olish natijasi kamida 92% tashkil qildi.