Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev rasman hukmron Nur Otan partiyasining yangi raisi bo‘ldi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev partiya rahbari vakolatlarini rasman amaldagi davlat rahbariga topshirdi. Bu haqdagi qaror 28-yanvar, juma kuni bo‘lib o‘tadigan partiyaning navbatdan tashqari XXI–syezdida qabul qilindi.
Qurultoy kun tartibida yangi rais saylash bilan bir qatorda partiyasi nizomi, siyosiy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Toqayev Qozog‘iston birinchi prezidenti haqida gapirdi.
"Turli salbiy mish-mishlar yurganidan xabarim bor. Shu munosabat bilan davlat rahbari sifatida shuni aytmoqchimanki, birinchi prezident mamlakatimiz kuchli davlatga aylantirishi uchun juda ko‘p ish qilgan", — dedi Toqayev.
Birinchi prezidentining mamlakat oldidagi tarixiy xizmatlarini unutmaslikka chaqirdi.
"Oxir-oqibat, xolis va rostgo‘y bo‘lish kerak. O‘z o‘tmishini qoralagan xalqning kelajagi yo‘q", - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida barcha hududlardan 389 nafar vakil ishtirok etdi.
Partiya ustaviga ko‘ra, partiya raisini saylash va lavozimidan ozod etish partiya qurultoyining mutlaq vakolatiga kiradi.
Barcha vakolatlar o‘tkazilgandan so‘ng Nursulton Nazarboyevda faqat bitta maqom – Millat yetakchisi (Elboshi) maqomi qoladi.