Agar bu Rossiyaga bog‘liq bo‘lsa, unda urush bo‘lmaydi - Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat 3ta radiostansiyasiga intervyu berdi.
Sputnik
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Sputnik radiosi, “Exo Moskvi”, “Govorit Moskva” va “Komsomolskaya pravda” jurnalistlarining savollariga javob berdi.
Agar bu Rossiyaga bog‘liq bo‘lsa, unda urush bo‘lmaydi, dedi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Biz urushlarni xohlamaymiz, lekin manfaatlarimizga qo‘pollik bilan tajovuz qilinishiga, manfaatlarimiz e’tiborga olinmaslikka yo‘l qo‘ymaymiz", - deb qo‘shimcha qildi u.
Lavrov Moskvani asosiy muammo – NATOning kengayishiga bo‘lgan munosabati qanoatlantirmasligini bildirdi.
Lavrov intervyuda bildirilgan asosiy fikrlar:
️Kiyevni Minsk kelishuvlarini bajarishga majburlash kerak.
️Rossiya sobiq SSSR mamlakatlaridagi vatandoshlarini himoya qilish uchun yumshoq kuch va diplomatiyadan foydalanadi.
️Moskva Minskka Belarusdagi “KP”ning yopilishi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini tushuntirdi.
️Rossiya xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydi, murosaga o‘rin yo‘q.
️Rossiya kimdir Kiyevni urushga majbur qilishni xohlayotganini istisno qilmaydi.
️Agar Zelenskiy Donbassni muhokama qilmoqchi bo‘lsa - muloqot guruhiga o‘tishi mumkin.
Mezbon davlatning taklifisiz Rossiya Qurolli Kuchlari xorijda hech qayerda joylashtirilmagan.