Uxanlik olimlar yangi koronavirus haqida xabar berishdi. Janubiy Afrikada topilgan NeoCoV koronavirusi bitta mutatsiyadan keyin odamlarga yuqishi mumkin.
Xitoylik olimlar avvalroq Janubiy Afrikada aniqlangan NeoCoV koronavirusining inson populyatsiyasiga yetib kelishi xavfi borligini ma’lum qildi. Bu haqda material bioRxivda joylashtirildi.
"Bu viruslar guruhining tarqalish holatlarini, ularning odamlarda paydo bo‘lish imkoniyatlarini hisobga olgan holda diqqat bilan kuzatib borish kerak", - deyilgan hujjatda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, virus inson organizmiga ta’sir qilish uchun ma’lum bir mutatsiya kerak, hozir u faqat ko‘rshapalaklarga tahdid soladi. Biroq, olimlar NeoCoV xususiyati ko‘p jihatdan hanuz sirligicha qolmoqda.
Hozir tadqiqot dastlabki bo‘lib, uni ekspertlar tekshirib chiqishi kerak.
Bugungi kunda Janubiy Afrikada topilgan NeoCoV virusi faol muhokama qilinmoqda, bu virus yangi emas va bir muncha vaqtdan beri mavjud. Bu virus Yaqin Sharq respirator sindromi MERS-CoV bilan bog‘liq bo‘lib, uning tarqalishi 2012 va 2015-yillarda qayd etilgan.
Ammo uning o‘ziga xos xavfi haqida faqat hozir ma’lum bo‘ldi - NeoCoV va uning yaqin qarindoshi PDF-2180-CoV ACE2-fermentiga yopishib olgan holda, hozirgi SARS-CoV-2 koronavirusi kabi ko‘rshapalaklar va odamlar organizmiga kirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Shunday qilib, NeoCoV virusi MERS-CoVning yuqori o‘lim darajasi (o‘rtacha har uchinchi yuqtirgan odamdan biri vafot etadi) va hozirgi SARS-CoV-2 koronavirusining yuqori tarqalish tezligini o‘zida birlashtiradi, deb tushuntiradi tadqiqotchilar.
Hozirgi vaqtda emlash koronavirusning barcha mavjud turlaridan eng samarali himoya bo‘lib qolmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Rossiya shifoxonalariga yotqizilgan COVID-19 bemorlarining aksariyati emlanmaganini ta’kidladi.
Rossiya “Vektor” davlat ilmiy markazida NeoCov koronavirusi xavfini qo‘shimcha o‘rganib chiqish kerakligi haqida munosabat bildirdi.