Tojik-qirg‘iz chegarasida yana mojaro yuz berdi – video

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yana mojaro yuz berdi.
Sputnik
Tojikiston chegarachilari Botken-Isfana yo‘lining bir qismini bir tomonlama to‘sib qo‘yishdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat chegara xizmatiga asosan.
“Soat 17:30dan 18:00ga qadar Tojikiston chegarachilari Botken viloyatining Tort-Kocho hududidagi Botken-Isfana yo‘lining bir qismini bir tomonlama to‘sib qo‘yishdi”, — deb xabar qildi Qirg‘iziston milliy xavfsizligi qo‘mitasi chegara xizmati.
Chegara xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i va Botken chegara otradi boshlig‘i voqea joyiga yo‘l oldi.
Chegaraning ushbu qismida joylashgan harbiy xizmatchilar kuchaytirilgan xizmat rejimiga o‘tkazildi.
Sputnik Tojikiston ma’lum qilishicha, mojaroning boshlanishiga Qirg‘iziston chegarasidan Tojikiston fuqarolariga tegishli avtomobillarga tosh otilgani sabab bo‘lgan.
Ayni damda chegarada Tojikiston tomonidan ham, Qirg‘iziston tomonidan ham aholining ikki guruhi to‘plangan. Vaziyatni qurolli kuchlar vakillari nazorat qilmoqda.
Ayni damda Isfara-O‘sh yo‘li yopiq.
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi RIA Novosti’ga Qirg‘iziston chegara xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda otishma aks etgan videolar tarqalmoqda.