Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradosh qishloqlardan aholini evakuatsiya qilmoqda – video

Evakuatsiya qilinayotgan kishilar Botken va Ravot qishlog‘iga jo‘natilmoqda.
Sputnik
Botken viloyati FVV bo‘linmasi favqulodda holat rejimiga o‘tkazilib, Chegaraga yaqin qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Qirg‘izistondagi Samarqanddek qishlog‘i aholisi uylarini tashlab, Ravot qishlog‘i tomon yo‘l olishmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Evakuatsiya qilinayotgan kishilar Botken va Ravot qishlog‘iga jo‘natilmoqda, 60ta oila maktabga joylashtirildi.
Qirg‘iziston chegara xizmatining ma’lum qilishicha, Tojikiston tomoni elektr uzatish liniyalarini mo‘ljalga olib minomotlardan o‘q otmoqda - Sputnik Kg.
Chegarada otishma to‘xtamayapti. Tojikiston tomoni o‘t ochishni to‘xtatishni so‘radi, biroq o‘zi o‘q uzishda davom etmoqda, demoqda Qirg‘iz chegara xizmati.
Qirg‘izistonning Botken viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati hokimlarining chegaradagi vaziyat bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Bundan oldin SputnikTj tojik-qirg‘iz chegarasidagi otishmada 6 kishi yaralandi, ularning barchasi Tojikiston fuqarolari.