TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida qalbaki PSR test natijalarini tayyorlab bergan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar qilmoqda.
24 yanvar kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qarshi shahridagi "Siyanie Meri" MChJ rahbari 22 yoshli fuqaro M.S. boshqa bir fuqaroga koronavirusga topshirilgan soxta PZR testini tayyorlab berayotgani aniqlangan. U test uchun fuqarodan 200 ming so‘m olgan.
Jinoyat kodeksining "hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov davom ettirilmoqda.