Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga “o‘ta maxfiy” ustxati qo‘yildi.
Karim Masimov va uning sobiq o‘rinbosari Anuar Sadiqulov hibsga olindi.
Yana bir MXQ raisi sobiq o‘rinbosari Daulet Yergojinga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Jinoyat kodeksining 3ta moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda:
▪️ davlatga xiyonat;
▪️ hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish;
▪️ hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish xatti-harakatlari.