TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi isitish tizimi yaxshi ishlamayotganiga izoh berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Toshkent shahridagi mavjud barcha qozonxonalar ishga tushirilgan. Ammo gaz bosimining pastligi bois qozonxonalar yetarli issiqlikni xonadonlarga bera olmayapti.
“Hozirda qozonxonalardagi tabiiy gaz bosimini ko‘tarish bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Energetika vazirligi fuqarolardan xonadonlardagi ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘ragan edi.