Qaysi hududlarda ichimlik suvi yetkazib berish to‘liq tiklandi

Ichimlik suvi yetkazib berish to‘liq tiklangan hududlar ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida ichimlik suv yetkazib berish to‘liq tiklandi.
Shuningdek, soat 09:30 holatiga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi 500 ta qozonxonadan 444 tasi o‘z ish faoliyatini qayta tikladi.