Prezident “prava”ni o‘qitmasdan berganlik uchun jazoni kuchaytirishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qolgan. Shuning uchun avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan haydovchilik guvohnomasini berish uchun jazoni kuchaytirish yuzasidan taklif kiritish topshirig‘ini berdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, umuman, haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qolgan. Shuning uchun avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda.

“Biz o‘qiganimizda 3-yil haydovchilikka o‘qitgan. Hozir darsga bormay pul berib guvohnoma olyapti. Nimaga? O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?”, - dedi prezident kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida.

Bu muammoni bartaraf qilish uchun mutasaddilarga, avvalo, o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, ikkinchidan, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish jinoyatiga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish topshirig‘i berildi.
Yo‘llarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o‘lim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun harakatni boshqarishni to‘liq raqamlashtirish zarurligi ko‘rsatildi.
Shu munosabat bilan Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Bosh prokuraturaga aniq topshiriqlar berildi.
Komil Allamjonov mast holda mashina haydaganlarni 15 sutkaga qamashni taklif qildi