Parranda go‘shti ishlab chiqaruvchilariga qo‘shimcha subsidiya beriladi

Parrandachilik xo‘jaliklariga har bir kilogramm tayyor mahsulot uchun qo‘shimcha 2500 so‘m subsidiya beriladi - prezident qarori.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yilning birinchi yanvaridan boshlab parranda go‘shti ishlab chiqaruvchilariga subsidiya beriladi. Bu haqida prezidentning 24-yanvar kuni qabul qilingan 100-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda xususan quyidagilar belgilangan:
1.
2022 yilning 1-yanvaridan 2024 1-yanvariga qadar QQS to‘lovchi parrandachilik xo‘jaliklariga har bir kilogramm tayyor mahsulot uchun 2500 so‘m miqdorida subsidiya beriladi;
2.
Ushbu subsidiyalar QQSdan ozod qilish imtiyozli davrida ham amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 1-iyunidan boshlab O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan parrandachilik xo‘jaliklariga sotuvga chiqarilgan har bir dona tuxum uchun 50 so‘mdan va har bir kilogramm go‘sht uchun 1000 so‘mdan subsidiya belgilangan edi. Undan tashqari ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar daromad, mol-mulk va suv resurslari solig‘ini 50% chegirma bilan to‘lashi belgilangan.