Mayda bezorilik va migratsiya qonunchiligini buzganlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, u Tojikiston fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb ma’lum qildi RIA Novosti agentligiga huquq-tartibot idoralaridagi manba.
Erkak bir kun avval Qrim ko‘prigi tepasiga chiqib olib, pastga tushishdan bosh tortib, u yerda bir soatdan ko‘proq vaqt o‘tkazdi. U faqat uchinchi urinishda tushishga ko‘ndirildi.
“Seshanba kuni tojikistonlik Umarjon Yo‘ldoshev Qrim ko‘prigi ustuniga chiqib olgani uchun politsiyaga olib kelindi. Unga nisbatan mayda bezorilik va migratsiya qonunchiligini buzish haqida bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Erkakning politsiyaga aytgan so‘zlariga ko‘ra, qurilish maydonida ish haqi olmagani uchun bu ishni noiloj qilgan.