TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkentdagi barcha qozonxonalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik tizimiga kiruvchi 500 ta qozonxonadan 444 tasi o‘z ish faoliyatini qayta tikladi.
“Xususan, Toshkent shahridagi barcha qozonxonalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. 9 030 ta ko‘p qavatli uyning 9 000 tasida issiqlik ta’minoti to‘liq tiklandi, - dedi u.
Aholi murojaatlarini tunu kun qabul qiluvchi shtablar o‘z faoliyatini yanada kuchaytirgan holda ishladi.
Issiqlik ta’minotidagi uzilishlar bugun soat 18:00 ga qadar bartaraf etilishi rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda Xalqaro press-klubning elektr ta’minotida uzilishlar munosabatiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.