TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. "Hududgazta’minot" kompaniyasi Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanayotganini ma’lum qildi.
"Eslatib o‘tamiz, maishiy uy yoritgichlari va boshqa elektr jihozlarini yoqishdan oldin xonaga kirib, uning ichida gaz hidi (boshqa begona hidlar) yo‘qligiga ishonch hosil qilishingiz va faqat shundan keyingina elektr energiyasidan foydalanishingiz kerak", — deyiladi xabarda.
"Hududgazta’minot" fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda o‘ta ehtiyotor bo‘lishni va "zangori" yonilg‘idan oqilona, "isrof qilmay foydalanishni" iltimos qildi.