O‘zbekistonda afsonaviy rus chegarachisiga yodgorlik o‘rnatiladi

“Sahroning oq quyoshi” filmidagi bojxonachi Vereshagin obrazining real hayotdagi prototipi Toshkentda yashab o‘tgan chegara xizmati zobiti Mixail Pospelov bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Davlat Bojxona xizmati Bojxonachilar kuni (26 yanvar) arafasida dastlab Rossiya va Sovet Ittifoqiga sadoqat bilan xizmat qilgan chegarachi Mixail Pospelov haqida film suratga oldi.
Pavel Luspekayev v roli "Vereshagina" i Mixail Pospelov
Mixail Dmitriyevich Pospelov 1884-yilda Orol shahrida tug‘iladi, 1913-yilda Tiflisdagi harbiy o‘quv yurtini tamomlab Kaspiy orti (Turkmaniston) chegara xizmatiga yuboriladi.
Rossiya va Eron chegarasining ushbu bo‘lagi har doim notinch bo‘lgan. U yerda kontrabandachilardan tashqari xorijiy bandit to‘dalari ham hujumlar uyushtirib turgan. Pospelov tez orada mahalliy tilni va chegaraning barcha o‘nqir-cho‘nqirlarini, yashirin yo‘llarini o‘rganib oladi. Mahalliy aholi bilan yaxshi aloqalar o‘rnatib o‘z uchastkasida tartib va intizom o‘rnatadi.
1917 yilda Oktabr revolyutsiyasidan so‘ng ko‘plab askar va zobitlar xizmatini tashlab o‘z yurtiga qaytishga shoshiladi, lekin Pospelov xizmat burchiga sodiq qoladi va chegarani qo‘riqlashda davom etadi. U tez orasda mahalliy aholi orasidan askarlar otradi tashkil qiladi chegarning taxminan 100 chaqirim bo‘lagini qo‘rqlashni davom ettiradi.
1919 yilda sovet hukumati ofitserning sodiq xizmatini munosib baholagan holda, unga ushbu ishni davom ettirishni ishonib topshiradi. 1929-yilda Pospelov Ashxobodga chegara polk komandiri lavozimiga o‘tkaziladi. U yerda pensiya yoshigacha xizmat qilib, so‘ng harbiy o‘quv yurtiga ishga o‘tkaziladi. Harbiy bilim yurti esa 1923-yilda Toshkentga ko‘chiriladi.
Pospelov Mixail Dmitriyevich
Shu damdan boshlab to umrining oxiriga qadar Dmitriy Pospelov Toshkentda yashaydi. U ushbu shaharni juda yaxshi ko‘rib qoladi va qarindoshlarining ko‘plab undovlariga qaramasdan Toshkentdan ko‘chib ketishni rad etadi. Nafaqa vaqtida ham Pospelov Qora qum cho‘llarida ekspeditsiyalarda ishtirok etadi. 1962-yilda Pospelov Toshkentda vafot etadi.
Uzoq yillar davomida yaqin qarindoshlari uning qabri qayerda ekanini bilishmaydi. Uning nabirasi bergan intervyularida qabr yo‘qolib ketgan deb o‘ylashina aytadi.
O‘zbekiston Bojxona xizmati xodimlari arxivlar va Toshkent shahar 1-son qabristoni (Botkin) qayd etish jurnallarini ko‘zdan kechirib Pospelovning qabrini topishadi. Ayni damda bojxonachilar Pospelovning qabrini tartibga keltirib, unga yodgorlik o‘rnatishni rejalashtirishmoqda. Bu haqida ushbu hujjatli filmda hikoya qilingan.
Umid qilamizki, bu xayrli tashabbus mamlakatimizdagi diniy va milliy bag‘rikenglikning namunasi, bojxona organlarida xizma qilayotgan 20 ga yaqin millatga mansub bojxona xodimlarining birdamligi timsoli bo‘lib xizmat qiladi, - deyiladi filmda.
Pamatnik legendarnomu tamojenniku iz filma "Beloe solnse pustini" u zdaniya FTS RF
Ma’lumot uchun, bugun 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati 30 yoshga to‘ldi. Bojxona xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-oktabrdagi farmoni asosida tashkil etilgan bo‘lib bugungi kunda bojxona sohasida 21 ta xalqaro konvensiyalarga a’zo bo‘lgan. Shuningdek, 30 dan ortiq davlatlar bilan bojxona sohasida 130 dan ziyod bitim, kelishuv va shartnomalar imzolangan.