TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Toshkent aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga keldi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ma’lum qilishicha, Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda elektr ta’minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Yaqin soatlar ichida Toshkent shahri suv ta’minoti oldingi maromiga qaytadi.
Shuningdek, vazirligi tizimiga kiruvchi 500 ta qozonxonadan 78 tasi o‘z ish faoliyatini qayta tikladi.