Svet o‘chishi vaksinalarni saqlashga ta’sir qiladimi

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi xizmatining Toshkent shahar bo‘limi: vaksinalarni saqlash holati nazorat ostida.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Koronavirusga qarshi vaksinalarni saqlash holati nazorat ostida. Bu haqda Sputnik muxbiriga Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi xizmatining Toshkent shahar bo‘limi xodimi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shahar bo‘limida ham, tumanlarda ham vaksina saqlash punktlarida elektr generatorlari mavjud. Ularning har biri to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari, qo‘shimcha yoqilg‘i ta’minoti mavjud.
Elektr ta’minoti butunlay uzilgan taqdirda esa omborlarda minimal talab qilinadigan harorat to‘rt soatgacha saqlanishi mumkin.
“Svet” o‘chishi jarrohlik amaliyotlariga xavf tug‘diradimi