Parranda go‘shti uchun subsidiya miqdori oshirildi

2024 yil 1-yanvargacha QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga parranda go‘shtining har bir kilogrami uchun subsidiya miqdori 2 500 so‘m etib belgilandi
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda parranda go‘shti uchun subsidiya miqdori oshirildi. Bu prezident 24-yanvar kuni imzolagan tegishli qarorda belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvargacha QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda go‘shtining har bir kilogrami uchun subsidiya miqdori 2 500 so‘m etib belgilandi (ilgari 1000 so‘m edi).
Subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi.
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari uchun QQS imtiyozlari yana 4 oyga uzaytiriladi