O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minoti 45% ga tiklandi

IESlarining energobloklari bosqichma-bosqich ishga tushirilishi davom ettirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minoti 45% ga tiklandi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, IESlarining energobloklari bosqichma-bosqich ishga tushirilishi davom ettirilmoqda.
Hududlarda elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida, qilinayotgan ishlar haqida davlat rahbariga muntazam axborot berib borilmoqda, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Aholining hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash bilan bog‘liq barcha sohalar hamda huquq-tartibot idoralari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi.
Tibbiyot muassasalari (tug‘ruqxonalar, COVID-shifoxonalar) elektrogeneratorlar bilan ta’minlandi.
Tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish to‘xtatildi.
Hozircha elektr ta’minoti tiklanmagan joylarda uy-joylarni yoritish va isitish moslamalaridan foydalanishda FVVning tavsiyalariga amal qilish so‘raldi.