Isitish, oqova va ichimlik suv: Uy joy kommunal xizmat vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi

Uy joy kommunal xizmat vazirligi isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Uy joy kommunal xizmat vazirligi ko‘plab hududlarda elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantirdi.
Keyinchalik respublika miqyosida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganligi sababli, ichimlik suvi yetkazilishida ham vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida O‘zsuvta’minot" AJ ogohlantirdi.
Bugun, 25-yanvar kuni soat 11:00da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib, respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, ayni paytda mutaxassislar nosozlikni tiklash ishlarini olib borishmoqda.