Hukumat komissiyasi elektr energiyasidagi uzilish sabablarini aniqlaydi

Iste’molchilarga yetkazib beriladigan elektr ta’minotini tiklash komissiyaning birinchi vazifalaridan.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli topshiriqni berdi.
Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash hamda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali iste’molchilarning elektr ta’minotini tiklash vazifasi qo‘yilgan.
Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir bo‘lgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.

Markaziy Osiyodagi blekaut

25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Energetika vazirligi Qozog‘iston elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston va atrof hududlarida elektr energiyasi ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganini ma’lum qildi. Hozir elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilib, hududlarda elektr ta’minoti tiklanmoqda.

Mavzuga oid:

IIV aholidan sarosimaga tushmaslikni so‘radi
Toshkentda “svet” o‘chishi tirbandlikni keltirib chiqardi
"Svet" o‘chishi vaksinalarni saqlashga ta’sir qiladimi
O‘zbekiston aeroportlari faoliyati tiklandi