Energetika vazirligi: hududlarda elektr ta’minoti tiklanmoqda

O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr ta’minoti tiklanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Hududlarda elektr ta’minoti tiklanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy GESlari, Navoiy viloyatidagi Navoiy IES, Qoraqalpog‘istondagi Taxiatosh IES orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona IEM orqali energetika tizimiga quvvat bera boshlagan.
Avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirligi Toshkent va boshqa viloyatlarda svet nima sababdan o‘chganini tushuntirgan edi.