Alisher Usmonovga tegishli kompaniya Ohangaron sement zavodini sotib oldi

Kompaniya rahbariyati ta’kidlashiga ko‘ra, korxona faoliyatidan olingan barcha daromad O‘zbekistonda qoladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv – Sputnik. Rossiyaning "Akkermann sement SA" kompaniyasi "Ohangaronsement" AJning 98,6% aksiyalarini sotib oldi deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Rossiyaning "Akkermann sement" kompaniyasi va uning O‘zbekistondagi "Akkerman sement SA" sho‘’ba korxonasi Alisher Usmonov nazorati ostidagi USM xolding tarkibiga kiradi. Xolding tarkibiga Rossiyaning Navotroisk va Gornozavodsk shaharlaridagi sement zavodlari kiradi. Endi ularga "Ohangaronsement" ham qo‘shildi.
Bitimni moliyalashtirishga "Akkermann sement" MChJning strategik hamkori "Gazprombank" ham ishtirok etdi.
"Akkermann sement" matbuot xizmati aytishiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Ohangaronsement korxnasida sement ishlab chiqarishning yangi "quruq" uslubi o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning yordamida yiliga 2,5 million tonna sement ishlab chiqarish mumkin.
Korxona xabarida aytilishiga ko‘ra, zavod tomonidan olingan barcha daromad O‘zbekistonda qoladi va respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga yo‘naltiriladi.
"Sifatli yangi turar joyga bo‘lgan talabning o‘sishi, ipoteka kreditlari tizximining rivojlanishi - kelajakda sement iste’molining oshishiga olib keladi", - dedi "Akkermann sement" direktori Anton Selyavko.
Korxonaning sobiq mulkdori Lamanka Enterprises Limited (Kipr) va Giacinttar Limited (Britaniya Virgin orollari) "Toshkent" fond birjasi saytida "Ohangaronsement"ning o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalarining 84,3% va 14,1% foizi aksiyalari sotilganini ma’lum qilishdi. Bitim qiymati 1,89 trillion so‘mni ($100 mln.) tashkil qilgan.