Yunusobod tumani hokimi o‘zgardi

Abduvaliyev 2019-yildan buyon Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Bahodir Abduvaliyev Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abduvaliyev 1968-yil 27-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU), 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1992-yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
U 2019-yildan buyon Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2021 yilning yanvar oyidan beri Yunusobod tumani hokimi lavozimida Jahongir Ibrohimov mehnat qilib kelayotgan edi.