Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi “Pfizer” vaksinasiga qaraganda omikron shtammining faolligini ikki baravar yaxshiroq zararsizlantiradi. Bu haqda Italiyaning Lazzaro Spallanzani instituti olimlari Rossiyaning Gamaleya markazidagi hamkasblari bilan birgalikda o‘tkazgan tadqiqoti natijalari yakunida ma’lum bo‘ldi.
Tadqiqot "Sputnik V" va Pfizer vaksinasi bilan emlangan kishilarning qon zardobidagi solishtirma namunalari asosida o‘tkazilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 51 kishida vaksinaning ikkinchi dozasidan 3—6 oy o‘tgach olingan namunalar "Sputnik V"ning ikki dozasi bilan emlanganlarda antitanalar darajasi omikronga nisbatan Pfizer bilan emlanganlarga qaraganda chidamliroq ekanini ko‘rsatdi.
“Sputnik V” vaksinasi o‘zida omikron shtammiga (B.1.1.529) qarshi virusni zararsizlantiradigan antitanalarning titri Pfizer vaksinasining ikkita inyeksiyasiga nisbatan ikki baravar yuqoriligini ko‘rsatdi”, — deyilgan xabarda.
“Sputnik V” bilan emlangan tadqiqot ishtirokchilarining 74,2 foizining qonida omikron shtammi zararsizlangan, Pfizer uchun esa bu ko‘rsatkich 56,9 foizni tashkil etgan.
Shu bilan birga, maxsus IgG antitanalarining eng yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarda omikronni zararsizlantiruvchi antitanalar “Sputnik V” bilan emlanganlarning 100 foizida, “Pfizer” bilan emlanganlarning 83,3 foizida aniqlangan.