Koronavirusga ekspress test topshirish talabi bekor qilindi

25 yanvardan O‘zbekiston tashrif buyuruvchilarning koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishlari talabi bekor qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga kirishda ekspress test topshirish talabi bekor qilindi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022-yil 25-yanvardan xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilarning xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil (piyodalar) o‘tkazish chegara punktlarida koronavirusga ekspress-antigen test topshirish talabi bekor qilindi.
Yo‘lovchilar kamida 48 soat oldin koronavirusga topshirilgan PZR testining manfiy natija bo‘lgan ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, 15-yanvardan O‘zbekistonga kelgan barcha yo‘lovchilar aeroportlarda koronavirusga majburiy ekspress test topshirishlari kerak edi. Bu vaqtincha joriy etilgan tartib ekani aytilgan edi. Test narxi 5 dollar bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirishda fuqarolarning noroziligi aks etgan video ham tarqaldi.