TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Armaniston prezidenti Armen Sarkisan yakshanba kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror mutlaqo hissiy emas va ma’lum bir mantiqdan kelib chiqadi.
“Bizda paradoksal vaziyat yuzaga keldi, chunki prezident davlatchilikning kafolati bo‘lishga majbur bo‘ladi, aslida hech qanday vosita yo‘q. Konstitutsiya, shuningdek, bir institutning boshqasidan ustunligini nazarda tutadi, taniqli diaspora mutaxassislarining tarixiy Vatanning davlat institutlarini boshqarishda ishtirok etishi uchun to‘siqlar yaratadi va hokazo”, — dedi Armen Sarkisan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston ko‘rinishidan parlament shaklidagi respublikasi, ammo mohiyatda unday emas. Sarkisan mazmuni va maqsadi o‘zaro tiyib turish va muvozanatga asoslangan davlat tizimini yaratish taklifini bildirganini qo‘shimcha qilgan.
Prezident konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha komissiya ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirishga qodir bo‘lishiga, "keyingi prezident va prezidentlik instituti yanada muvozanatli va tizimlashtirilgan muhitda ishlay olishiga" umid bildirgan.
Sarkisan 2018-yilda parlament tomonidan to‘rtinchi prezident etibsaylangan edi. Ma’lumoti bo‘yicha fizik, Armanistonning turli mamlakatlardagi elchisi, 1996−1997 yillarda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan.
Armaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident Milliy Assambleya – parlament tomonidan yetti yil muddatga saylanadi. Bir shaxs faqat bir marta saylanishi mumkin. Armaniston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylov 25 kundan kechiktirmay o‘tkaziladi. Davlat rahbari lavozimidan chetlashtirilgan, vakolatlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan, iste’foga chiqqan yoki vafot etgan taqdirda esa saylovlar 35 kundan kechiktirmay o‘tkaziladi. Davlat rahbari iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizani Milliy Assambleyaga taqdim etadi.