AQSh o‘z fuqarolaridan Ukrainani tark etishni so‘radi

AQSh o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni va Rossiyaga tashrif buyurmaslikni maslahat berdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. AQSh Davlat departamenti yakshanba kuni o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
2022 yilning 23-yanvar kuni davlat departamenti AQSh tomonidan yollangan xodimlarining o‘z xohishi bo‘yicha Ukrainani tark etishi va Kiyevda joylashgan elchixona xodimlarining oila a’zolariga ham mamlakatni tark etish tavsiya etiladi, - deyilgan xabarda.
Ukrainada bo‘lib turgan AQSh fuqarolariga u yerni hozirdan tark etish tavsiya etiladi, chunki "kutilmagan mojaro sodir bo‘lgan taqdirda AQSh hukumatining ularni olib chiqib ketishga imkoni bo‘lmasligi mumkin", - deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar qatorida Rossiya ham bor. Sabablar sifatida - Ukraina chegarasida saqlanib qolayotgan tanglik, AQSh fuqarolarini ta’qib qilish, elchixonaning yordam berish imkoniyati cheklangani, COVID-19 cheklovlari va boshqalar sanab o‘tilgan.
Moskva bo‘lsa o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan Ukrainaga bostirib kirish bo‘yicha ayblovlarni keskin rad etib kelmoqda va hech kimga tahdid solmayotganini takroran ma’lum qilmoqda.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan chiqishida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya Ukraina atrofida hech qanday mojaroli vaziyatlar tashkil qilmayotganini" yana bir bor ta’kidlagan edi.