Yangi Zelandiya bosh vaziri koronavirus cheklovlari sabab to‘yini bekor qildi

Bosh vazir oddiy aholidan hech nimasi bilan ajralib turmasligini aytgan. Shu bois cheklovlar hamma uchun barobar.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda koronavirus bilan kasallanish ortishi sabab kiritilayotgan cheklovlar sabab o‘z to‘yini bekor qildi. Bu haqda New Zealand Herald" nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, omikron shtammi tufayli Yangi Zelandiya 24-yanvardan “qizil” darajaga o‘tadi.
“Menga keladigan bo‘lsak, to‘yim bo‘lmaydi, men pandemiya natijasida shunga o‘xshash holatga duch kelgan yangi zelandiyaliklar safiga qo‘shilaman, xolos”, - dedi Ardern mamlakatda koronavirus sabab yangi cheklovlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Uning ma’lum qilishicha, tug‘ilgan kun va to‘y kabi tadbirlarda 100 dan ortiq bo‘lmagan kishining qatnashishiga ruxsat beriladi, koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikati bo‘lmagan taqdirda faqat 25 kishi tadbirda ishtirok etishi mumkin.
“Omikron”ning eng keng tarqalgan alomati aytildi
“Hayot shunday. Men boshqa minglab Yangi Zelandiya aholisidan hech nimam bilan ajralib turmasligimni jur’at qilib ayta olaman”, - deya ta’kidladi bosh vazir.