Bu qiziq

Qon bosimini tushiruvchi eng yaxshi mahsulot ma’lum bo‘ldi

Ismaloqni muntazam iste’mol qilishning foydalari haqida diyetolog-nutritsiolog hikoya qilib berdi.
Sputnik
Ismaloq qon bosimini meyoriga keltirishda yordam beradi, deydi parhezshunos Lera Levski, RIA Novosti xabariga asosan.
“Ismaloq-foydali moddalar manbasi. O‘simlik, ayniqsa yurak-qon- tomir muammolari bo‘lgan insonlar uchun juda foydali. Chunki uning tarkibida kaliy va magniy mavjud. Ushbu minerallar qon bosimini meyorlashtirishda va yurak mushaklariga “dam olish”ga yordam beradi”, deydi parhezshunos.
“Ismaloq tarkibida kletchatka ko‘p, demak u ichaklarning to‘lqinsimon kerilish yoki siqilish harakatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u qabziyatni oldini olishga, o‘simlikni muntazam iste’mol qilish oshqozon- ichak traktining umumiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ismaloq tarkibidagi karotonoidlar kuchli antioksidantlardir. O‘z salomatligi uchun qayg‘urgan har bir insonning kunlik ratsionida ismaloq bo‘lishi lozim”, deydi mutaxassis.
Bemorlarga ismaloq S vitamini manbai sifatida tavsiya qilinadi. Chunki u kasallik vaqtida immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi. Ismaloq tarkibida oksalatlar ham ko‘p, shu sababli jigar a’zosi bilan muammolarga duch kelgan insonlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilgani ma’qul.